2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 27,6 % ni tashkil etdi.

sns_02_11_21_uzb

  Kuzatilayotgan davrda ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning jami sanoat sektori bo‘yicha yaratilgan qo‘shilgan qiymat tarkibidagi ulushida 2020- yil yanvar-sentabrdagi 76,3 % ga nisbatan 77,3 % gacha o‘sishi qayd etildi. Shu bilan birga, joriy davrda sanoatning jami qo‘shilgan qiymati tarkibida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘ining ulushi 15,5 % gacha pasaydi (2020- yil yanvar-sentabrda – 15,7 %).

   2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush quyidagilar hissasiga to’g’ri kelgan: metallurgiya va metallni qayta ishlash sanoati (mashina va uskunalardan tashqari) – 41,6 %, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish – 13,7 %, to‘qimachilik mahsulotlari, kiyim, teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish – 13,3 %.

 

Matbuot xizmati