2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, savdo sohasining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 6,5 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-sentabrida savdo tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush chakana savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ga to‘g‘ri keldi va 66,8 % (2020- yil yanvar-sentabrda – 68,6 %, 2019- yil yanvar-sentabrda – 68,1 %)ni tashkil etdi.

         Ulgurji savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ning ulushi 26,7 % (2020- yil yanvar-sentabrda – 25,6 %, 2019- yil yanvar-sentabrda – 25,4 %)ni, avtotransport vositalarining ulgurji va chakana savdosi hamda ularni ta’mirlashning ulushi 6,5 % (2020- yil yanvar-sentabrda – 5,8 %, 2019- yil yanvar-sentabrda – 6,5 %)ni tashkil qildi.

Matbuot xizmati