Joriy yilning 2- noyabr kuni Londondagi Ochiq ma’lumotlar instituti (ODI) tomonidan o‘tkazilgan sammitda odamlarning ma'lumotlarga bo‘lgan munosabati haqida fikr-mulohaza almashildi.

Mazkur sammitda Davlat statistika qoʻmitasi Ochiq maʼlumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi Akrom Sultonov ham ishtirok etdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, o‘tgan yil davomida ma’lumotlarning hayotimizda tutgan o‘rni yanada muhimlashdi – biz o‘qigan yangiliklardan tortib, sog‘lig‘imiz va har kuni foydalanadigan xizmatlar haqida xabar beradigan ilovalargacha.

Ayni davrda hammamiz ma'lumotlarga “qaram” odamlarga aylandik. Biz ishlab chiqaradigan, foydalanadigan va baham ko'radigan ma'lumotlar hamda ma'lumotlardan foydalangan holda qabul qilingan qarorlar haqida har qachongidan ham ongliroq bo'ldik.

Ma'lumotlar borgan sari korxona, jamoa va umuman jamiyatning qon tomiriga aylanib bormoqda va bu guruhlar birgalikda ishlaganda, ma'lumotlar hamma uchun juda qimmatli bo'ladi.

Sammit davomida shuningdek, qanday qilib ma'lumotlarni to'plash va almashish yo'llari, ma'lumotlardan foydalanish usullari, ishlatish va tushunishimiz kerak bo'lgan ko'nikmalar va boshqa masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Matbuot xizmati


