2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida YAHM hajmi joriy narxlarda 30 382,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-sentabri bilan taqqoslaganda 3,1 % ga o‘sdi. Quyidagi asosiy tarmoqlarda ijobiy iqtisodiy o‘sish kuzatildi: qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,3 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 42,9 %), qurilishda 111,0 % (6,1 %) va xizmatlar sohasida 107,8 % (31,2 %). Shuningdek, 2020- yilning yanvar-sentabri bilan taqqoslaganda sanoat tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmining solishtirma narxlarda kamayishi kuzatildi va 95,0 % ni tashkil etdi (mazkur tarmoqning YAHM tarkibidagi ulushi –  19,8 %). Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 9 457,1 ming so‘mni tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-sentabriga nisbatan  1,1 % ga o‘sdi.

sns1_ichi_10112021

Matbuot xizmati