O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qaroriga muvofiq, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilishi belgilangan.

Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlarida ishtirok etishni xohlagan fuqarolar suhbat asosida tanlab olinib, shartnoma asosida vaqtincha ishga jalb etildi.

Mazkur ishlarni sifatli va yuqori darajada tashkil etish maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi boshqarma boshliqlari hamda xodimlaridan iborat 50 nafar kishilik ishchi guruhi shakllantirilib, 4 ta sinov hududiga biriktirildi.

Joriy yil 10- noyabr kuni qo‘mitada tashkil etish tadbirda Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisi o`rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich ishchi guruh a’zolariga planshetlardan foydalanish, savolnomalarni to‘ldirish, aholi bilan muloqot qilish kabi masalalarda tegishli taklif va tavsiyalar berdi.

Shuningdek, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi xodimlari sinov tariqasida o‘tkazilayotgan aholini ro‘yxatga olish tadbirlarini to‘g‘ri tashkil etish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha fikr-mulohaza bildirdi.
Ishchi guruh a’zolariga mahallalarning sxematik xaritalari asosida uy-joylar ro‘yxatidan foydalanish, so‘rovnoma blankalarini to‘g‘ri to‘ldirish, respondentlar bilan muloqot qilish, blankalarning saqlanishi, topshirilishi va boshqa masalalar yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Matbuot xizmati


