O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qaroriga muvofiq, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm  viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilishi belgilangan.

perepis_10_11_21_ichi1

perepis_10_11_21_ichi2

Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlarida ishtirok etishni xohlagan fuqarolar suhbat asosida tanlab olinib, shartnoma asosida vaqtincha ishga jalb etildi.

Mazkur ishlarni sifatli va yuqori darajada tashkil etish maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi boshqarma boshliqlari hamda xodimlaridan iborat 50 nafar kishilik ishchi guruhi shakllantirilib, 4 ta sinov hududiga biriktirildi.

perepis_10_11_21_ichi3

perepis_10_11_21_ichi4

Joriy yil 9- noyabr kuni qo‘mitaning Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi tomonidan hududlarga biriktirilgan ishchi guruh a’zolari uchun videokonferensiya tashkil etildi.

Unda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Berdiqulov Qobil G‘ulamovich ishchi guruh a’zolari bilan fikr-mulohaza almashib, ishni to‘g‘ri tashkil etish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berdi.

perepis_10_11_21_ichi5

perepis_10_11_21_ichi6

Ishchi guruh a’zolari ro‘yxatga oluvchilarga mahallalarning sxematik xaritalari asosida uy-joylar ro‘yxatidan foydalanish, so‘rovnoma blankalarini to‘g‘ri to‘ldirish, respondentlar bilan muloqot qilish, blankalarning saqlanishi, topshirilishi va boshqa masalalar yuzasidan ko‘rsatmalar beradi.

Matbuot xizmati