2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM)  hajmi 37 784,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va bu 2020- yilning yanvar-sentabr ma’lumotlariga nisbatan 7,1 % ga ko‘pdir.

Ushbu hududda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 102,4 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 44,4 %), sanoatda 109,3 % (14,2 %), qurilishda 116,0 % (6,1 %) va xizmatlar sohasida 110,6 % (35,3 %) o‘sish sur’atlari kuzatildi. Aholi jon boshiga YAHM 5,1 % ga ko‘paydi va 9 497,7 ming so‘mni tashkil etdi.

tooppiiikkkk_11_11_21_uzb

Matbuot xizmati