2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyatida YAHM 24 145,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi, bu esa 2020- yilning yanvar-sentabr ma’lumotlariga nisbatan 8,0 % ga ko‘pdir. YAHMning o‘sish sur’ati qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 104,1 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 40,4 %), sanoatda 114,7 % (14,2 %), qurilishda 109,4 % (7,4 %) va xizmatlar sohasida 109,6 % (38,0 %) kuzatilgan ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. Aholi jon boshiga YAHM 5,8 % ga o‘sdi va 8 352,5 ming so‘mni tashkil etdi.

sns_ich_11_11_2021

Matbuot xizmati