Joriy yilning 10- noyabr kuni poytaxtimizdagi “City Place” mehmonxonasida O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi, BMT Taraqqiyot dasturi vakolatxonasi hamda qator vazirlik va idora mutaxassislari ishtirokida “Nogironlik bo‘yicha statistik maʼlumot yig‘ish, tahlil qilish va undan foydalanish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

simenar110_12_11_21_ichi1

simenar110_12_11_21_ichi2

Tadbirda, shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi Markaziy apparat xodimlari ham qatnashdi.

 Seminar-trening davomida  O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi raisi Oybek Isoqov, xalqaro ekspert Deniel Mont va boshqalar “O‘zbekistonda nogironlik statistikasi”, “Nogironlik bo‘yicha maʼlumotlar tahlili”, “Nogironlik turi va darajasi”, “Mos indikatorlarni tanlash va sozlashda nogironlar tajribasiga tayanish” mavzularida fikr-mulohaza bildirdi.

simenar110_12_11_21_ichi3

simenar110_12_11_21_ichi4

Tadbir yakunida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.

Matbuot xizmati