2021 yilning yanvar - sentyabr oylarida Respublikada 2 070,7 ming tonna meva va rezavorlar etishtirilgan bo'lib, ushbu ko'rsatkich 2020 yilning mos davriga nisbatan 100,9 % ni tashkil qildi.
Meva va rezavorlar etishtirishning yuqori hajmlari 1 277,2 ming tonna yoki umumiy ishlab chiqarish hajmidan 61,7 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklarida qayd etildi, aksincha kam hajm 52,7 ming tonna (2,5 %) qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda kuzatildi.

ichi_topik_12_11_2021
Joriy davrda o'tgan yilning mos davriga nisbatan fermer xo'jaliklarida 2,0 % va dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklarida 0,9 %ga o'sish kuzatildi, qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda aksincha 14,1 % kamayish qayd etildi.