O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 19- maydagi “O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5117- son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat statistika qo'mitasi tomonidan tegishli buyruq tasdiqlangan.

en_ich_23_11

Xususan, 2021- yil 1- iyuldan boshlab Davlat statistika qo'mitasi tizimida ta'lim tashkilotlari o'qituvchilarini shartnoma asosida jalb qilib, haftada kamida bir marotaba tizim xodimlami xorijiy tilga o'qitish amaliyoti yo'lga qo'yilgan.

en_ich1_23_11

Jumladan, qo’mita markaziy apparatining 20 ga yaqin xodimi guruhlarga bo’lingan holda ingliz tili boshlang’ich, akademik va biznes bosqichlari bo’yicha o’qitilmoqda.

en_ich2_23_11

Darslar rus va o’zbek tillarida umumlashtirilgan, bevosita hamda masofaviy tarzda o’tkazilmoqda. Xodimlar ingliz tilida so’zlashish (Speaking) grammatika, o’qish (Reading), tinglash (Listening) va boshqa interaktiv yo’nalishlar orqali o’qitilmoqda.

Matbuot xizmati