2021- yil 25- noyabr kuni Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida “Yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari ham ishtirok etdi.


Konferensiya davomida Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi direktori Isoqov Hoji-Murod Isroilovich, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov va boshqalar mavzu yuzasidan fikr bildirishdi.
Shuningdek, so‘zga chiqqanlar qarindoshlar oʻrtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, qarindoshlar nikohi tufayli ko‘plab kasalliklarning kelib chiqishi, tug‘ilayotgan o‘g‘il-qizlarning turli irsiy kasalliklar va tug‘ma nuqsonlar bilan voyaga yetayotgani xususida fikr bildirdi. Bu borada hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar haqida ham taklif va tavsiyalar berildi


Soha mutaxassislari tadbir ishtirokchilarinig mavzu yuzasidan bergan savollariga batafsil javob berdi.
Matbuot xizmati


