O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida jami faoliyat yuritayotgan kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 21,7 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar- oktabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 102,8 % ni tashkil etdi.
Xususan:
- Superfosfatlar ishlab chiqarish – 3,5 martaga oshdi;
- Formaldegid ishlab chiqarish – 1,6 martaga oshdi;
- Karbamid ishlab chiqarish – 53,0 foizga oshdi;
- Natriy gidroksidi (kaustik soda) ishlab chiqarish –4,9 foizga oshdi;
Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmidagi eng yuqori ulushi Qoraqalpog‘iston Respublikasi (32,4 %), Navoiy viloyati (16,2 %), Toshkent viloyati (14,4 %) hamda Qashqadaryo viloyati (13,6 %) hissalariga to‘g‘ri keldi.
Matbuot xizmati


