Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari statistika instituti Boshqaruv kengashining XVII sessiyasi doirasida 2021- yilning 30- noyabr – 1- dekabr kunlari Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi Milliy statistika idoralari rahbarlari uchun "Institutlarning o'zgarishi - bu odamlarning o'zgarishi" mavzusida boshqaruv seminari bo‘lib o‘tdi.

rais_02_12_21_ici1

rais_02_12_21_ici2

Ikki kunlik seminar kun tartibida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Milliy statistika idoralari rahbarlari inson resurslarini boshqarishda innovatsiyalar, maʼlumotlar integratsiyasini qoʻllab-quvvatlashda inson resurslarini boshqarish masalalarini muhokama qildilar.

Tadbirning ikkinchi kunida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi Bahodir Abdusalomovich Begalovning hisobotlari tinglandi.

rais_02_12_21_ici3

rais_02_12_21_ici4

Qo‘mita raisi o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasida gender tengligini ta’minlash sohasidagi huquqiy baza, gender statistikasini takomillashtirish bo‘yicha Davlat dasturlari va BRM ko'rsatkichlariga batafsil to‘xtalib o‘tdi.

rais_02_12_21_ici5

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan 2020-2025- yillarda statistikani rivojlantirishning Milliy strategiyasining “Yo‘l xaritasi”, Davlat statistika organlarida gender tengligiga rioya qilish va amalga oshirish masalalari, kadrlar siyosatini takomillashtirish va statistika salohiyatini oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Seminarda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi milliy statistika idoralarining 70 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.

 Matbuot xizmati