2021- yilning 2- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.


Davra suhbatida qo‘mita raisi o‘rinbosari Zohidjon Ziyayev, qo‘mitaning Markaziy apparat boshqarma boshliqlari va xodimlari ishtirok etdi.

Davra suhbatini qo‘mita raisi o‘rinbosari Z. Ziyayev ochib berib, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda qonuniylikni ta’minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.


Shu bilan birga, qo‘mitaning Yuridik bo‘lim boshlig‘i Vahob To‘xtayev tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklar, hisobotlarni taqdim etish tartibini buzish, ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha bayonnomalarni tuzish, uning mazmuni va jo‘natish tartibi to‘g‘risida tushuntirish berib o‘tildi.
Matbuot xizmati


