2021- yil 1- dekabr kuni Davlat statistika qo'mitasi markaziy apparati xodimlari hamda Isroil Markaziy statistika byurosi vakillari ishtirokida videokonferensaloqa tarzida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv O'zbekiston Respublikasining Isroil davlatidagi elchixonasi ko'magida o‘tkazildi.
Uchrashuvda dastlab O'zbekiston Respublikasining Isroil davlatidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Feruza Mahmudova so'zga chiqdi.

Tadbir davomida ikki mamlakat milliy statistika idoralari faoliyati to'g'risidagi taqdimotlar taqdim etildi. Statistik amaliyot bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik yo'nalishlari belgilab olindi.
Tadbirda, Davlat statistika qo'mitasidan Ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i Akrom Sultonov fikr-mulohaza bildirdi.


Shuningdek, Davlat statistika qo'mitasi Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshlig'i Dilshod Zokirov mavzu yuzasidan so‘z yuritdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni davom ettirish va statistik amaliyot bo‘yicha tajriba almashishga kelishib oldi.
Matbuot xizmati


