07/12/2021

 O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida 57 070,7 mln. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 4926,2 mln. kVt soatga oshgan holda, o‘sish sur'ati 109,4 foizni tashkil etgan.

Ma'lumot o‘rnida elektr energiya ishlab chiqarish 2021- yilning:

  • yanvar oyida 6 427,7 kVt soat (o‘sish sur'ati 106,0 foiz);
  • yanvar-fevral oylarida 11 951,4 kVt soat (104,3 foiz);
  • yanvar-mart oylarida 17 987,4 kVt soat (106,1 foiz);
  • yanvar-aprel oylarida 23 528,4 kVt soat (108,5 foiz);
  • yanvar-may oylarida 28 809,1 kVt soat (109,0 foiz) ;
  • yanvar-iyun oylarida 34 318,6 kVt soat (109,1 foiz);
  • yanvar-iyul oylarida 40 340,0 kVt soat (109,2 foiz);
  • yanvar-avgust oylarida 46 030,9 kVt soat (109,0 foiz);
  • yanvar-sentabr oylarida 51 558,4 kVt soat (110,1 foiz)ni tashkil etdi.

Jami elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining jami hajmida Toshkent viloyati 23,1 %, Sirdaryo viloyati 22,2 %, Qashqadaryo viloyati 19,0 % hamda Navoiy viloyati 16,1 % ulushga ega.

elektr-ichi-07_12_2021-2

Matbuot xizmati

 

 

 
Tugmani bosing Tinglash GSpeech