Joriy yilning 14- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Koreya statistika boshqarmasi (KOSTAT) vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

kostat_141221_ici1

kostat_141221_ici2

Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi va Koreya Respublikasining statistika boshqarmasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik hamda aholini ro‘yxatga olishda KOSTAT tajribasini o‘rganish yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Jumladan, suhbat jarayonida Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich aholini ro'yxatga olish amaliyotini o'rganish va tajriba almashish, statistika tizimigi o‘zgarishlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslarda qayd etayotgan natijalari haqida so‘z yuritdi.

kostat_141221_ici3

kostat_141221_ici4

  Shuningdek, KOSTAT rahbari aholini ro'yxatga olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng, ishtirokchilar yaqinda yurtimizda o‘tkazilgan sinov tariqasidagi aholini ro'yxatga olish tadbirlari hamda 2023- yilda bo‘lib o‘tadigan aholini ro'yxatga olish ishlari yuzasidan ham fikr almashdi.

kostat_141221_ici5

kostat_141221_ici6

Uchrashuvda ikki tomon mutaxassislari ishtirokida alohida ma’ruzalar qilindi, har ikki tomon mutaxassislari o’zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.

Matbuot xizmati