Joriy yilning 17- dekabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida yurtimizda ochiq maʼlumotlar sohasini yanada rivojlantirish, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash boʻyicha seminar tashkil etildi.

 

yengilik-17_12_2021-ichi-1

yengilik-17_12_2021-ichi-2

Ushbu seminarga Oʻzbekiston Respublikasi Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat loyihalarini audit va ekspertiza qilish boʻlimi boshligʻi Maksumov Doniyor Mixayminovich taklif etildi.

yengilik-17_12_2021-ichi-3

Seminar davomida mamlakatimizda ochiq maʼlumotlar sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr-mulohaza almashildi.

yengilik-17_12_2021-ichi-4

Ochiq maʼlumotlar sohasini yanada rivojlantirishda Ochiq maʼlumotlar portalining yangi Portal versiyasi ishlab chiqildi. Portalda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi.   

yengilik-17_12_2021-ichi-5

Seminar davomida mamlakatimizda ochiq maʼlumotlar sohasini rivojlantirish borasida qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

yengilik-17_12_2021-ichi-6

Shuningdek, davlat hokimiyati organlarining shaffofligini oshirish va "Ochiq hukumat" konsepsiyasini amalga oshirish, xorijiy investorlarga mamlakatimiz imkoniyatlari va salohiyati toʻgʻrisida axborot berish yuzasidan fikr yuritildi.

Matbuot xizmati