2021- yil 24- dekabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi. Unda Davlat statistika qo‘mitasi marzakiy apparat boshqarma boshliqlari, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti rahbariyati, universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

 agra_241221_ici1

agra_241221_ici2

Tadbirda shu yil 11- avgustda qabul qilingan “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati hamda yurtimizda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan talabalarga atroflicha ma’lumotlar berildi.

 “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati xususida Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Axborot xizmati rahbari – Raisning matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdurasulov Usmon Rustamovich alohida to‘xtalib o‘tdi. Ushbu qonunni ishlab chiqishda BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari uchun maxsus ishlab chiqilgan “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi model qonuniga tayanildi.

agra_241221_ici3

agra_241221_ici4

Jarayonga hukumat, vazirlik va idoralar mas'ullari hamda Jahon bankining xorijiy ekspertlari jalb etildi. MDH, Osiyo va Yevropa mamlakatlarining qonunchiligi hamda Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston va boshqa davlatlarning rasmiy statistika borasidagi huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rganildi.

Yangi qonun 7 ta bob va 44 ta moddadan iborat bo‘lib, avvalgi qonunimizdan tubdan farqi qiladi va asosiy jihatlar va yangiliklarni quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin: birinchidan, yangi tushuncha, ya'ni rasmiy statistika tushunchasi amaliyotga joriy etilmoqda. Qonunda rasmiy statistika O‘zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, moliyaviy, ekologik hodisalar va jarayonlarni hamda boshqa hodisalar va jarayonlarni tavsiflovchi, ushbu qonunning qoidalariga muvofiq tayyorlanadigan hamda tarqatiladigan statistika ma'lumotlaridan iboratdir, deb aniq belgilab qo‘yilmoqda.

Bundan buyon ushbu qonun qoidalariga muvofiq tayyorlanmagan har qanday statistika ma'lumoti rasmiy deb tan olinmaydi va mazkur tushuncha yordamida milliy axborot makonida rasmiy va normasiy statistik ma'lumotlarni aniq ajratib olish imkoniyati yaratiladi.

agra_241221_ici5

agra_241221_ici6

Davra suhbatida yurtimizda qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ham fikr-mulohaza bildirildi. Qo‘mitaning Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshlig‘i G`ulomov Shovkat Abdurahmonovich mavzu bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ta’kidlanganidek, 2021- yilning yanvar–sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 222 198,2 mlrd. so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 216 282,5 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 4 728,3 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 1 187,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Ochiq muloqotda Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.

Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga  kitoblar sovg‘a qilindi.

 Matbuot xizmati