2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 2 263,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 16,0 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 6,1 % ga yetdi va 2020- yilning yanvar-sentabriga nisbatan 0,2 foiz punktga, 2017- yilning mos davriga nisbatan 2,2 foiz punktga oshdi.

Matbuot xizmati


