2021- yilning 28- dekabr kuni Toshkent shahrida “Open Data Challenge 2021” xakatoni g‘oliblarini va ​​sovrindorlarini taqdirlash marosimi, hamda,“Open Data Cup” tanlovining g‘olibini e’lon qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

chellench_301221_ici1

chellench_301221_ici2

Eslatib o‘tamiz, IT Park va O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan YeXHT’ning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, Dubay Future Foundation, IT Academy, O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan xakaton 2021-yil 3-dekabrdan 5-dekabrga qadar bo‘lib o'tdi.

chellench_301221_ici3

chellench_301221_ici4

Bu yil “Open Data Challenge 2021” xakatoni yoshlar oyligi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimida IT Park direktorining innovatsion rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari Jahongir Rajabov, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi koordinatorining loyihalar milliy maslahatchisi Murod Xusanov, Davlat statistika qo‘mitasining Ochiq ma’lumotlar portali monitoringi va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Akrom Sultonov, Yoshlar masalalari agentligi Innovatsiyalar va AKT’ni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Fazliddin Baxromov ishtirok etdi.

chellench_301221_ici5

Shuningdek, tadbirga Google va Microsoft kompaniyalarida amaliyot o‘tagan loyiha menejeri Konstantin Kim taklif etildi. Konstantin ishtirokchilar bilan o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi va xakatondan keyin nima qilish mumkinligi va loyihani rivojlantirishning mumkin bo‘lgan variantlari haqida hamda 19 yoshida ochiq maʼlumotlar loyihasi bilan 100 000 dollarlik Exit haqida gapirib berdilar.

chellench_301221_ici6

Har bir yo‘nalish bo‘yicha birinchi o‘rinlar $11 000, 2-3 o‘rinlar esa Yandex stansiyalari, noutbuklar, ryukzaklar va boshqa sovg‘alar ko‘rinishidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

“Open Data Cup” tanlovi natijalari ham e’lon qilindi, unda “NLS” loyihasi g‘olib deb eʼlon qilindi – ikki tomonlama tasvirlar va Brayl belgilarining ochiq ma’lumotlar to‘plamiga asoslangan maxsus uskunadan foydalanmasdan Brayl alifbosi va smartfon kamerasi yordamida olingan tasvirlarni tanib olish uchun mobil ilova gʻolib deb topildi.

chellench_301221_ici7

Bundan tashqari, taqdirlash marosimida # OpenData2021 #OpenDataUzbekistan heshteglari bilan eng yaxshi surat tanlovi tashkil etildi.  Eng ko‘p layklar to‘plagan g‘olib INSTAX kamerasiga ega bo‘ldi.

Matbuot xizmati