26/01/2022

Xabaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirildi.

Aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish ikki xil usulda, yaʼni 1-5-noyabr kunlari Internet tarmog‘i orqali va 11-22- noyabr kunlari qog‘oz shaklida ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan uyma-uy yurgan holda amalga oshirildi.

Ushbu ma’lumotlarni shakllantirish uchun aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish o‘tkazilgan 4 ta hududda birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish markazi tashkil etildi.

Mehnat shartnomasi asosida vaqtincha jalb etilgan operatorlar tomonidan joriy yilning 5- yanvaridan boshlab savolnoma shakllarini birlamchi ma’lumotlar elektron bazasiga kiritish jarayonlari boshlandi.

Xiva shahar birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish jarayonlaridan fotolavhalar. 

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech