2021- yilda sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 27,8 % ni tashkil etdi.
Kuzatilayotgan davrda ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning jami sanoat sektori bo‘yicha yaratilgan qo‘shilgan qiymat tarkibidagi ulushida 2020- yildagi 77,2 % ga nisbatan 77,4 % gacha oshishi qayd etildi. Shu bilan birga, joriy davrda sanoatning jami qo‘shilgan qiymati tarkibida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘ining ulushi 15,2 % gacha oshdi (2020- yilda – 14,8 %).

2021- yilda ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush quyidagilar hissasiga to’g’ri kelgan: metallurgiya va metallni qayta ishlash sanoati (mashina va uskunalardan tashqari) – 40,9 %, to‘qimachilik mahsulotlari, kiyim, teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish – 13,9 %, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish – 13,6 %.
Matbuot xizmati


