2022- yilning 8- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti qoshidagi Iqtisodiyot fanlari boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.29/30.12.2019.I.92.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi.

Unda mazkur kengash tarixida birinchi marta qo’mita markaziy apparati xodimi – Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Mamadjanov Abrorali Ashiraliyevichning 08.00.06–“Ekonometrika va statistika” ixtisosligi boʻyicha “Oʻzbekiston milliy hisoblar tizimida turizm yordamchi hisobini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi bo’lib o’tdi.

Dissertatsiya himoyasini statistika va ekonometrika bo‘yicha fan doktorlari, professorlardan tarkib topgan 14 nafar hay'at a'zolari ko‘rib chiqdi.

Mazkur dissertatsiya ishi himoyasini Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi markaziy apparati tarmoq boshqarmalari rahbarlari ham onlayn kuzatib borishdi. Qo’mita raisi B. Begalov mazkur dissertatsiya ishida ilmiy opponet sifatida so’zga chiqdi va ilmiy ishning statistika tizimini yanada takomillashtirishdagi ahamiyati yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.

Himoya natijalariga ko‘ra, dissertantga iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishga qaror qilindi va Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatidan kengash qarorini tasdiqlab berish so‘raldi.





Axborot xizmati


