2021- yil yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida YAHM hajmi joriy narxlarda 43 790,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yil bilan taqqoslaganda 4,7 % ga o‘sdi. Quyidagi asosiy tarmoqlarda ijobiy o‘sish kuzatildi: qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 104,5 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 43,3 %), qurilishda 107,9 % (5,8 %) va xizmatlar sohasida 109,4 % (30,2 %). Shuningdek, 2020- yil bilan taqqoslaganda sanoat tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmining solishtirma narxlarda kamayishi kuzatildi va 98,6 % ni tashkil etdi (mazkur tarmoqning YAHM tarkibidagi ulushi – 20,7 %). Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 13 596,2 ming so‘mni tashkil etdi va 2020- yilga nisbatan 2,7 % ga o‘sdi.  

sns_ichi_100222

 

Matbuot xizmati