2021- yil yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida YAHM hajmi 15 583,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yil bilan taqqoslaganda 10,2 % ga ko‘paydi. Ushbu hududda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 104,4 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 39,6 %), sanoatda 118,5 % (24,0 %), qurilishda 117,0 % (8,4 %) va xizmatlar sohasida 109,2 % (28,0 %) o‘sish sur’atlari kuzatildi. Aholi jon boshiga YAHM 8,1 % ga o‘sdi va 17 915,7 ming so‘mni tashkil etdi.

Matbuot xizmati


