2021- yil yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida YAHM 9,2 % ga o‘sdi va 26 900,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi. YAHMning o‘sishi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,9 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 45,7 %), sanoatda 117,2 % (13,3 %), qurilishda 132,3 % (7,2 %) va xizmatlar sohasida 109,6 % (33,8 %) kuzatilgan o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. Aholi jon boshiga YAHM 14 093,5 ming so‘mni tashkil etdi va 7,6 % ga o‘sdi.

Matbuot xizmati


