2021- yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot hajmi 21 039,3 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 5,3 % ga o‘sdi.

Aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmining eng yuqori ko‘rsatkichlari Navoiy viloyati (57 983,4 ming so‘m), Toshkent sh. (43 211,1 ming so‘m) va Toshkent viloyatida (28 163,9 ming so‘m) qayd etildi. Aholi jon boshiga hisoblangan YAHMning nisbatan past ko‘rsatkichlari Surxondaryo (11 095,3 ming so‘m), Namangan (11 892,5 ming so‘m), va Farg‘ona (12 267,9 ming so‘m) viloyatlarida kuzatildi.

sns_ichi_180222

Joriy davrda aholi jon boshiga hisoblangan YAHMning yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent (112,0 %), Sirdaryo (108,1 %) va Xorazm (107,6 %) viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, aholi jon boshiga hisoblangan YAHMning o‘sish sur’ati bo‘yicha Respublika darajasi (105,3 %)ga nisbatan past ko‘rsatkichlar Andijon (102,7 %), Buxoro (104,8 %) va Jizzax (104,8 %) viloyatlarida kuzatildi.