Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan 2022 yilning 16-18 fevral kunlari Toshkent viloyatining Chimyon qishlog'ida “Chimyon Challenge-2022” va “Chimyon ekstrim-2022”qishki ekstremal sport turlari festivali bo‘lib o‘tdi.

sport_ichi1_210_02_21

Mazkur tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad davlatimiz rahbarining "Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining "Sog‘lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta‘minlashdan iborat.

sport_ichi2_210_02_21

Mazkur festivalda sport targ‘ibotchilari, shuningdek, respublikamizning 150 ta vazirlik va yirik tashkilotlari ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Festival davomida milliy o‘yinlarimiz va bir necha yo‘nalishda musobaqalar o‘tkazildi. Xususan, 17-fevral kuni badminton, shaxmat, mini-futbol, arqon tortish, kamondan o‘q uzish, ot ustida kurash kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
        Unda tashkilotlarning sport targ‘ibotchilari, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etdilar. Bundan tashqari, kun davomida maxsus o‘quv seminari o'tkazildi, unda tashkilotlarida sport musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha targ‘ibotchilar uchun tushuntirishlar berildi. Muvaffaqiyatli ishtirok etgan havaskor sportchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

sport_ichi3_210_02_21

Festivalning arqon tortish musobaqasi yakuni bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasi bosh mutaxassisi Inoyatov Sarvarbek faxrli birinchi o'rinni qo‘lga kiritdi hamda musobaqaning eng yaxshi darvozаbon naminatsiyasida ham g‘olib bo‘ldi.


Axborot xizmati