Avval xabar berganimizdek, qo‘mita mutaxassislari 2022- yil 31- yanvar – 5- fevral kunlari Minsk shahrida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha Belarus Respublikasi tajribasini o‘rganish yuzasidan o‘quv seminarlarida ishtirok etib qaytishdi.

Joriy yilning 18- fevral kuni qo‘mita markaziy apparati xodimlari uchun aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha Belarus tajribasi yakunlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

220222_1

Unda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasidan Q. Berdiqulov, K. Saparov, S. Guseynov, Axborot xavfsizligi boshqarmasidan Sh.Djanadilov, Axborot-kommunikatsiya texnologiya-larini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasidan Sh. Samadov, M. Umarov xizmat safari davomida o‘rgangan bilim va tajribalari yuzasidan ma’lumot berdi.

220222_2

Taqdimot davomida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish va ro‘yxatga olish savolnomalari shakllari va boshqa hujjatlarini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi qo‘llanma va yo‘riqnomalar, hududlarni uchastkalarga bo‘lishda elektron shakldagi xaritalardan foydalanish hamda aholini ro'yxatga olish uchun tashkiliy rejalar tuzish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

220222_3

220222_5___

 

Shuningdek, taqdimotda vaqtinchalik ro‘yxatga olish xodimlari tomonidan planshet qurilmalari yordamida ro‘yxatga olish so‘rovnomalarini to‘ldirish tartibi, elektron kartografik materiallardan foydalanish tartibi, ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.

2202_22_6

220222_7

Taqdimot so‘nggida, yuqoridagi mavzular bo‘yicha olingan bilim va tajribalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.

Matbuot xizmati