Joriy yilning 24-25-fevral kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan oʻquv markazida  “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tizimida tovarlarni xarid qilishning oʻziga xos xususiyatlari" mavzusida ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi.

konferensiya-ichi-1

konferensiya-ichi-2

konferensiya-ichi-3

Anjuman ishtirokchilari Qurolli kuchlar tizimida davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonidagi mavjud muammolarni tahlil qilish va yechimini topish, raqamli iqtisodiyot sharoitida moliyaviy nazoratni takomillashtirishning istiqbollarini belgilashmasalalarida soʻz yuritdi.

konferensiya-ichi-4

konferensiya-ichi-5

konferensiya-ichi-6

Tadbirda Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining “Makroiqtisodiy statistika va milliy hisoblar” kafedrasi katta oʻqituvchisi Shavkat Jumaniyazov “Iqtisodiyotni raqamlashtirish – yashirin sektor ulushini kamaytirishning muhim yoʻnalishi” mavzusida maʼruza qildi.

konferensiya-ichi-7

konferensiya-ichi-8

konferensiya-ichi-9

Anjuman soʻnggida tadbirni oʻtkazishda follik koʻrsatgan bir guruh ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari va tashakkurnomalar topshirildi.

Matbuot xizmati