Joriy yilning 5- mart kuni Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi ishchi guruhi Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurib, bozorlardagi narx-navoni o‘rganib, narx kuzatuvlari bilan yaqindan tanishdi.

sirdaryo-1

2-sirdaryo

3-sirdaryo

Qo‘mita  raisi Guliston shahridagi markaziy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini kuzatib, dehqon bozoridagi sotuvchi va tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.

4-sirdaryo

5-sirdaryo

6-sirdaryo

Shuningdek, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Narx statistikasi bo‘limi xodimlariga hududiy markaziy dehqon bozorlarida, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari hamda oylik narx kuzatuvlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni  shakllantirishda planshetlardan foydalanish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.

7-sirdaryo

8-sirdaryo

9-sirdaryo

Bu esa o‘z navbatida, qo‘mita tomonidan har oyda shakllantirilib, e'lon qilinadigan O‘zbekiston Respublikasining inflyatsiya darajasi ko‘rsatkichlarining obyektiv va shaffofligining yanada ta'minlanishiga xizmat qiladi.

Matbuot xizmati