Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan taʻminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi.


Unda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida mamlakatimiz boʻylab yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish borasida vazifalar belgilandi.

Aynan shu orqali shaharlardagi yashil hududlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilganligi, ushbu keng koʻlamli loyihaga barcha birdek hissa qoʻshishi lozimligi taʻkidlandi.
Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar izchil tashkil qilinmoqda.


Xususan, Davlat statistika qoʻmitasi jamoasi tomonidan poytaxtimizning Yangihayot tumani Toshkent mahallasidagi maxsus ajratilgan hududlarda, mahalla koʻchalarida, xonadonlar atrofida 525 tup mevali daraxt koʻchatlari ekildi. Shuningdek, hovlisida koʻchat ekish xohishi boʻlgan fuqarolarga ham oʻrik, nok, olcha va olma koʻchatlari berildi.



Qoʻmita xodimlari va aholiga mevali koʻchatlarni qanday usulda ekish va uni parvarishlash boʻyicha Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi mutaxassislari alohida master-klass oʻtib, tegishli tavsiyalar berishdi.
Shuningdek, tuman hokimiyati va mahalla vakillari bilan mazkur koʻchatlarning parvarishi va sugʻorilish ishlari nazorati boʻyicha kelishib olindi.
Matbuot ximzati


