Joriy yilning 15- aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent moliya instituti hamkorligida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati vakillari, Toshkent moliya instituti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshlig’i o‘rinbosari O‘razbekov Humoyun “Qishloq xo’jaligining mamlakat makroiqtisodiy ko’rsatkichlariga ta’sirini statistik baholash” mavzusida taqdimot qildi.




Ta’kidlanganidek, 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 317 781,6 mlrd. so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 307 515,0 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 7 581,5 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 2 685,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi. YAIM (YAQQ) tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 26,9 % ni tashkil etdi. Mazkur tarmoqning YAIM mutlaq o‘sish sur’atiga ta’siri 1,1 f.p.ni tashkil etdi.






Toshkent moliya instituti “Statistika va ekonometrika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga qo‘mita mutaxassislaridan atroflicha javob olishdi.
Davra suhbati yakunida, qo’mita faoliyatiga oid “Davlat statistika qo‘mitasining prospekti” hamda statistik to‘plamlar sovg’a qilindi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va shu kabi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazishga kelishib oldi.
Matbuot xizmati


