Joriy yilning 18- aprel kuni Jahon Banki eksperti Dmitro Kotlyar tomonidan “Korrupsion xavflarni boshqarish asoslari” mavzusida onlayn trening tashkil etildi.

Seminarda, davlat organlari va tashkilotlarining ichki nazorat tuzilmalarining 40 nafardan ortiq vakillari qatnashdi. Davlat statistika qo‘mitasining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig‘i Z. Abduxamidov mazkur seminarda Zoom orqali ishtirok etdi.

19__04__22__1

19__04__22__2

Treningda korrupsion xavflarni boshqarish boʻyicha tushunchalar va xalqaro vositalar, baholashning asosiy yoʻnalishlari, xalqaro tajriba va Oʻzbekiston sharoitida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan muhim qadamlar muhokama qilindi.

19__04__22__3

19__04__22__4

Xususan, korrupsion xavflarni boshqarish va korrupsiyaning oldini olishda ISO 37001:2018/2016 xalqaro standartlarining joriy etilishi, mazkur yoʻnalishdagi xorijiy davlatlar (Janubiy Koreya, Ukraina, Moldova, Fransiya va Malayziya)ning tajribasi va faoliyati, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash mezonlari yuzasidan tajriba almashildi.

19__04__22__5

19__04__22__6

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollar atroflicha muhokama qilindi.

Matbuot xizmati