Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ayni maqsadda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 14- yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish vа ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4954-sonli qarori qabul qilingan. Qarorda nazarda tutilgan vazifalar  ijrosini taminlash yuzasidan barcha tashkilotlar ishchi-xodimlari o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tadbiq qilishga qaratilgan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Jumladan, shu yilning 21- aprel kuni Davlat statistika qo'mitasida “Shaxmat kuni” tashkil etildi. Unda  markaziy apparati boshqarmalari xodimlari qatnashdi.

chora_21_04_22_ici1

chora_21_04_22_ici2

chora_21_04_22_ici3

chora_21_04_22_ici4

chora_21_04_22_ici5

chora_21_04_22_ici6

chora_21_04_22_ici7

chora_21_04_22_ici8

chora_21_04_22_ici9

Markaziy apparat xodimlari o’rtasida o’tkazilgan shaxmat musobaqasida I o‘rinni Olimjon Sidikov, II o‘rinni Zayniddin Egamshukurov hamda III o‘rinni Jurat Mirsaidov egallashdi. G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bunday tadbirlar, o`z navbatida, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, jismonan baquvvat va ma`nan yetuk shaxslar jamiyatini barpo etishga xizmat qiladi. Shuningdek, qo`mita tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, o`zaro hamjihatlik, birdamlik va do`stona muhit orqali mehnat faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgani bilan ham muhim ahamiyatga ega.

Matbuot xizmati