2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 5,8 % ni tashkil etdi.Tashish va saqlash tarmog‘ining qo‘shilgan qiymati tarkibida eng ko‘p ulush avtomobil transportiga to‘g‘ri keldi va 59,2 % ni tashkil etdi (2021- yilning yanvar-martida – 59,7 %, 2020- yilning yanvar-martida – 51,6 %).Mazkur tarmoq umumiy qo‘shilgan qiymatida quvur transportining ulushi 11,5 % (2021- yilning yanvar-martida – 14,9 %, 2020- yilning yanvar-martida – 19,4 %), temir yo‘l transportining ulushi 12,1 % (2021- yilning yanvar-martida – 13,1 %, 2020- yilning yanvar-martida – 13,5 %), yordamchi transport faoliyatining ulushi 12,3 % (2021- yilning yanvar-martida – 9,7 %, 2020- yilning yanvar-martida – 9,6 %), havo transportining ulushi 4,9 % (2021- yilning yanvar-martida – 2,6 %, 2020- yilning yanvar-martida – 5,9 %)ni tashkil etdi.

ustiga-27-6

Matbuot xizmati