2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, savdo tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 7,6 % ni tashkil etdi.2022- yilning yanvar-mart oylarida savdo tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush chakana savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ga to‘g‘ri keldi va 67,5 % (2021- yilning yanvar-martida – 69,2 %, 2020- yilning yanvar-martida – 68,7 %)ni tashkil etdi.Ulgurji savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ning ulushi 25,7 %
(2021- yilning yanvar-martida – 24,5 %, 2020- yilning yanvar-martida – 24,4 %)ni, avtotransport vositalarining ulgurji va chakana savdosi hamda ularni ta’mirlashning ulushi 6,8 % (2021- yilning yanvar-martida – 6,3 %, 2020- yilning yanvar-martida – 6,9 %)ni tashkil qildi.

27-8-ichiga

Matbuot xizmati