2021- yil yanvar-mart oylariga nisbatan yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar hajmi ko‘rib chiqilayotgan davrda 398,7 mlrd. so‘mga ko‘paydi.
2022- yil yanvar-mart oylariga yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlarning ulushi 86,4 % bilan ustunlik qildi.
Taqqoslash uchun: 2021- yil yanvar-mart oylarida ushbu xizmat turlarining ulushi 85,4 % ni tashkil etgan.
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar tarkibi:
Oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlar – 86,4 %
Yashash bo‘yicha xizmatlar – 13,6 %



