Andijon viloyati statistika hamda viloyat turizm boshqarmalari hamkorligida Andijon viloyati hududiga kirish va chiqishga oid turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuvlar o'tkazilishi belgilangan.

kuzatuv_10_05_22_ici1

Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparatidan biriktirilgan vakil – Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Botir Irgashyev, Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Farhod Jalolov hamda viloyat turizm boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan mazkur kuzatuvlarni samarali tashkil etish maqsadida supervayzerlar va ishchi guruh a’zolari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

kuzatuv_10_05_22_ici2

Aytish kerakki, mazkur kuzatuvlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish va chiqishga oid turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuv o‘tkazish tartibini belgilaydi. Shuningdek, respublika eksportida turizm hajmining to‘liq hisobga olinishini, turizm statistikasi ko‘rsatkichlari va turizm yordamchi hisobini shakllantirishni ta’minlaydi. 

kuzatuv_10_05_22_ici3

Kuzatuv natijasi asosida turistlar oqimi, turistlarning safar maqsadi va davomiyligi, respublika hududida chet ellik turistlarning hamda va chet elga safar qilgan O‘zbekiston rezidentlarining amalga oshirgan sarf-xarajatlari tarkibi kabi ma’lumotlar shakllanadi.

kuzatuv_10_05_22_ici4

Respublikaning turizm bo‘yicha eksport-import ko‘rsatkichi tanlanma kuzatuv natijalari asosida bitta tashrif buyuruvchiga to‘gri keladigan o‘rtacha xarajatdan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

kuzatuv_10_05_22_ici5

Kuzatuvni tashkil qilish va o‘tkazish Turizm va madaniy meros hamda Investitsiya va tashqi savdo vazirliklari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Matbuot xizmati