2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyatida YAHM hajmi 4,7 % ga o‘sdi va 4 166,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. YAHMning tarmoqlar tarkibida o‘sish sur’atlari: qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 102,9 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 33,0 %), sanoatda 104,7 % (18,5 %), qurilishda 104,6 % (6,7 %) va xizmatlar sohasida 105,7 % (41,8 %)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAHM 2,2 % ga o‘sdi va 2 879,5 ming so‘mni tashkil etdi.

Matbuot xizmati


