2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida YAHM hajmi 8 360,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-marti bilan taqqoslaganda 3,2 % ga o‘sdi. Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida ijobiy o‘sish sur’atlari qayd etildi: qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 101,0 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 21,0 %), sanoat – 104,7 % (23,5 %), va xizmatlar sohasida – 104,8 % (47,6 %). Shuningdek, 2021- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda qurilish tarmog’ida ishlab chiqarish hajmining solishtirma narxlarda kamayishi kuzatildi va 94,6 % ni tashkil etdi (mazkur tarmoqning YAHM tarkibidagi ulushi – 7,9 %). Aholi jon boshiga YAHM 1,0 % ga oshdi va 2 447,6 ming so‘mni tashkil etdi.

11-may3-ichiga

Matbuot xizmati