2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida YAHM hajmi 10 086,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va bu esa 2021- yilning yanvar-mart oylari ma’lumotlariga nisbatan 6,0 % ga ko‘pdir. Ushbu hududda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 101,9 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 25,5 %), sanoatda 110,7 % (19,5 %), qurilishda 108,6 % (6,9 %) va xizmatlar sohasida 105,7 % (48,1 %) o‘sish sur’atlari kuzatildi. Aholi jon boshiga YAHM 3,8 % ga ko‘paydi va 2 496,3 ming so‘mni tashkil etdi.



