Joriy yilning 18- may kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti hamkorligida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati vakillari, Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi Yig`ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig’i Xurshid Jurayev “2022-yil I chorak yakunlari bo‘yicha respublikaning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari” mavzusida taqdimot qildi.
Ta’kidlanganidek, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi YaIM hajmi joriy narxlarda 162 784,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021 yilning mos davriga nisbatan 5,8 % ga o‘sdi.
O`zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga qo‘mita mutaxassislaridan atroflicha javob olishdi.
Davra suhbati yakunida, qo’mita faoliyatiga oid “Davlat statistika qo‘mitasining prospekti” hamda statistik to‘plamlar sovg’a qilindi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va shu kabi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazishga kelishib oldi.
Eslatib o’tamiz, bu kabi davra suhbatlari O‘zbekistonning boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan ham o‘tkazilishi muntazam yo‘lga qo‘yilgan.
Matbuot xizmati