Joriy yilning 23–24- may kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olma-ota shahrida “Markaziy Osiyo mamlakatlarida gender zo‘ravonlikdan jabrlanganlar uchun sog‘liqni saqlash, ijtimoiy-psixologik himoya va politsiya xizmatlari ko‘rsatishni idoralararo muvofiqlashtirish” mavzusida mintaqaviy seminar boʻlib oʻtdi.


Mazkur seminarning maqsadi mintaqada jinsiy va gender zo‘ravonlikka qarshi idoralararo javob choralari hamda zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha ishlarni olib borish va ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish borasidа standart operatsion tartib-qoidalar modellaridan iborat.


Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasidan Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abrayev Sherzod Xurromovich ishtirok etdi.

Uchrashuvda gender zo‘ravonlikka qarshi idoralararo hamkorlik masalalarida amalga oshirilayotgan ishlar va bunda statistik ma’lumotlardan samarali foydalanish xususida o‘zaro tajriba almashildi, bundan keyingi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama etildi.


