Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 19- apreldagi “O‘zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 197- son qaroriga asosan 2022- yilning avgust oyida Samarqand viloyatining Jomboy tumani hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanida sinov tariqasida ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan.
Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari olib borilmoqda.
Sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish dasturiga muvofiq Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida 2022- yilning 1- iyun kunidan boshlab uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini tuzuvchi shaxslar uchun o‘quv amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.




O‘quv amaliy mashg‘ulotlarda, sinov tariqasida ro‘yxatdan o‘tkazishning maqsad va vazifalari, uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini tuzuvchi shaxslarning vazifalari, ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirishni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar, ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rovnomalari tarkibi, shuningdek, uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini tuzuvchi shaxslarning, axloq normalarini o‘rgatish va yana boshqa bir qancha masalalar bo‘yicha tushunchalar berilmoqda. Shu bilan birga ishtirokchilar nazariy bilimlarni bir kunlik amaliy mashg‘ulotlarida sinab ko‘rishlari ham belgilangan.




