07/06/2022

Oliy Majlisi Senatining “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda Davlat statistika qo‘mitasi tizimida gender tengligini ta’minlash maqsadida qo’mita markaziy apparati xodimlari tomonidan Farg’ona va Surxondaryo viloyat statistika boshqarmalarida seminarlar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat-kengashi a’zosi va qo’mitaning Xotin-qizlar qo’mitasi raisi Tolipova Zulhumor Normatovna so'zga chiqib, 2030- yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish – O'zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada yuksaltirish imkonini berishi hamda “Xotin - qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida”gi qonuni bo‘yicha o'zining fikr-mulohazalarini bildirdi.

gender_1

gender_2

gender_3

gender_4

Shuningdek, har bir tizimda gender tenglikni ta'minlash bo'yicha Gender komissiyasi, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilayotganligi hamda kelgusidagi vazifalar to'g'risida ham ma'lumotlar berib o'tildi.

gender_5

gender_6

Seminar davomida ishtirokchilar xotin - qizlar huquq va manfaatlari himoyasiga oid bir qator hujjatlar bilan tanishtirildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga qo‘mita mutaxassislari tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech