16/06/2022

Joriy yilning 16- iyun kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi, Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat hududiy boshqarmasi, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi hamkorligida matbuot anjumani tashkil etildi.

perepis1606_1perepis1606_2perepis1606_3

Matbuot anjumanida aholini ro‘yxatga olishga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoni xususida so‘z yuritildi. Anjumanda Surxondaryo viloyati bo‘yicha 721 ta mahalla xaritalari, chekka joylardagi aholi punktlari, mavjud xaritalarni tubdan yangilash va sifatli chizish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

perepis1606_4

perepis1606_5perepis1606_6

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 710-son qarori ijrosi yuzasidan ma'lumotlar berib o'tildi.

Matbuot anjumanida viloyat statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘lim boshlig'i Sirojiddin Ostonov, Hududlar davlat kadastrini yuritish bo`limi boshlig`i Fahriddin Ashurov mavzu yuzasidan batafsil tushuncha berdi.

perepis1606_7perepis1606_8perepis1606_9

Tadbir davomida aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar xususida atroflicha fikr-mulohaza almashildi.

Jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari batafsil javob berishdi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech