Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 13- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasiga Belarus Respublikasining Milliy statistika qo‘mitasidan aholini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha ekspertlar - Belarus Respublikasining Milliy statistika qo‘mitasi Rais o‘rinbosari Janna Vasilevskaya va Bresk viloyati statistika bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Natalya Tomoshevalar tashrif buyurgan edi.
Tashrif davomida ekspertlar tomonidan aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida Internet tarmog‘idan foydalanish, planshet qurilmalari yordamida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish va aholini ro‘yxatga olishning yakuniy ma’lumotlarini shakllantirish bo‘yicha Belarus tajribasi batafsil tushuntirilib, milliy xususiyatlardan kelib chiqib uni O’zbekistonda qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
Shuningdek, joriy yilning 17- iyun kuni videokonferensaloqa orqali hududiy statistika idoralarining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
Seminar davomida ekspertlar tomonidan uy-joylar ro‘yxatini tuzuvchi xodimlar ish faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida batafsil ma‘lumotlar berildi.










